2026-yilning dastlabki to‘rt oyida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarosi ta’lim olish maqsadida xorijga yo‘l oldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga kamaygan.
Ammo raqamlar pasayganiga qaramay, xorijda ta’lim olish istagi hanuz yuqori. Bugungi kunda yoshlar nafaqat diplom, balki xalqaro tajriba, xorijiy til ko‘nikmalari va global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish imkoniyatlarini ham izlamoqda.
2026-yil yanvar-aprel oylarida o‘zbekistonlik talabalar eng ko‘p quyidagi davlatlarni tanlagan:









