Oliy ta’lim olishni istagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyat Agar… — Pulli Gap — TG.ME

👩🏻‍🎓Oliy ta’lim olishni istagan xotin-qizlar uchun yangi imkoniyat

Agar siz hali oliy ma’lumotga ega bo‘lmasangiz, lekin o‘z mutaxassisligingiz bo‘yicha kamida 5 yil ishlagan bo‘lsangiz, davlat tomonidan beriladigan maxsus tavsiyanoma orqali oliy ta’lim muassasasiga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Eng quvonarlisi, endi buning uchun turli idoralarga borib, navbat kutishga hojat yo‘q. Barcha arizalar onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

Kimlar tavsiyanoma olishi mumkin?

Quyidagi talablarga javob beradigan xotin-qizlar tavsiyanoma olish uchun ariza topshirishlari mumkin:

*️⃣ Oliy ma’lumotga ega bo‘lmasligi;
*️⃣ Hozirda talaba bo‘lmasligi;
*️⃣ Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi.

Ariza qanday yuboriladi?

1️⃣ my.gov.uz portaliga kiring.
2️⃣ Qidiruv qismiga “tavsiyanoma” deb yozing.
3️⃣ "Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun besh yil mehnat staji mavjud bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish" xizmatini tanlang.
4️⃣ Ma’lumotlaringizni tekshiring.
5️⃣ Agar ish stajingiz tizimda ko‘rinmasa, uni qo‘lda kiriting.
6️⃣ Arizani yuboring.

Joriy yildan boshlab tavsiyanoma berish jarayoni elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda. Tizim ijtimoiy daftarlar va reyestrlar bilan bog‘langan.

Agar oilaviy sharoitingiz og‘ir bo‘lsa, lekin siz ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatda bo‘lmasangiz, mahalladagi mas’ullarga murojaat qilib, ushbu ro‘yxatlarga kiritilish bo‘yicha ariza topshirishingiz mumkin.

‼️ Tavsiyanoma olish uchun arizalar 7-iyun kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi. Shu sababli hujjatlarni oxirgi kunga qoldirmaslik tavsiya etiladi.

Agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu talablarga mos kelsa, imkoniyatdan foydalanib qoling. Oliy ta’lim nafaqat yangi bilimlar, balki yaxshi ish, yuqori daromad va kelajak uchun mustahkam poydevor hamdir.

TelegramInstagramYouTube
❤10👍5🔥4
June 5, 2026 17.8K 8 89