1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi
Soliq qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan keshbekka oid xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, davlat tomonidan joriy etilgan 1 foizlik keshbek tizimini bekor qilish yoki uning amal qilishini cheklash rejalashtirilmagan.
Shu bilan birga, ayrim fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fiskal cheklarni rasmiylashtirish orqali asossiz ravishda QQS summalarini qaytarib olishga urinish holatlari aniqlangan.
May oyi holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha 389 ta korxona cheklari orqali QQSni qaytarib olmoqchi bo‘lgan 248,5 ming nafar shaxs shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan.
Natijada 83,1 mlrd so‘mlik keshbek to‘lovi vaqtincha to‘xtatilgan.
Soliq qo‘mitasi ta’kidlashicha, aniqlangan holatlar keshbek tizimining o‘ziga emas, balki undan noqonuniy manfaat ko‘rishga uringan ayrim shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining harakatlariga tegishli.
Asosiy maqsad — keshbek tizimining adolatli va manzilli ishlashini ta’minlashdan iborat.
Manba
Telegram • Instagram • YouTube
25
15
5
2July 9, 2026 18.7K 3 58