So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik sayyohlar orasida yangi trend paydo bo‘ldi. Avvallari Turkiya, BAA yoki Tailand eng ommabop yo‘nalishlar sanalgan bo‘lsa, endi Vyetnam ham tez sur’atlarda mashhurlikka erishmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida 18 330 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vyetnamga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich mamlakatga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Vyetnamga borganlarning:
✈️ 17 315 nafari sayohat qilish uchun,
👨👩👧👦 865 nafari qarindoshlarini yo‘qlash uchun,
🏥 142 nafari davolanish uchun,
💼 atigi 8 nafari xizmat safari bilan yo‘l olgan.
Bu esa Vyetnam o‘zbekistonliklar uchun avvalo turistik yo‘nalish sifatida qiziq ekanini ko‘rsatadi.
18 mingdan ortiq sayyoh atigi besh oy ichida Vyetnamni tanlagani bu yo‘nalishning O‘zbekiston bozorida tobora kuchayib borayotganini anglatadi.
Agar hozirgi sur’at saqlanib qolsa, yil yakuniga qadar Vyetnamga borgan o‘zbekistonliklar soni 40 ming nafardan ham oshishi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbekistonlik sayyohlarning e’tibori tobora yangi yo‘nalishlarga qaratilmoqda. Va bugun ana shunday eng tez ommalashayotgan manzillardan biri — aynan Vyetnam.
Siz-chi Vyetnamga borishga ulgurdingizmi?
Telegram • Instagram • YouTube



