Pulli Gap: post #593 — TG.ME

💡“Yana svet o‘chdimi?”

So‘nggi paytlarda Toshkentdagi ko‘plab odamlarning eng ko‘p ishlatadigan gaplaridan biri shu bo‘lib qoldi. Kimdir ish qilayotgan bo‘ladi, kimdir konditsioner ostida dam olayotgan bo‘ladi, yana kimdir muhim onlayn uchrashuvda bo‘ladi — birdaniga hammasi to‘xtaydi.

😊 Xo‘sh, aslida nima bo‘lyapti?

Muammo elektr yetishmayotganida emas. Ko‘pchilik “elektr ishlab chiqarish yetmayapti” deb o‘ylaydi. Aslida muammoning katta qismi elektr tarmoqlaridadir. Chunki Toshkent juda tez o‘smoqda. Har yili minglab yangi uylar, turar joy majmualari, savdo markazlari va biznes markazlari qurilmoqda. Shu bilan birga elektr iste'moli ham keskin oshmoqda.

Mutaxassislarning ma'lumotlariga ko‘ra, ayrim podstansiyalar va transformatorlar ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda. Natijada tarmoqlarda nosozliklar va uzilishlar yuz beradi.

😊Konditsionerlar ham “aybdor”

😊 😊Yozning issiq kunlarida deyarli har bir xonadonda konditsioner ishlaydi. Tasavvur qilib ko'ring:
Avvallari bitta uyda muzlatkich va televizor ishlagan bo‘lsa, hozir konditsioner, kir yuvish mashinasi, elektr pech, kompyuterlar va boshqa qurilmalar bir vaqtning o‘zida ishlaydi.

Natijada elektr tarmog‘iga tushadigan yuk bir necha baravar oshadi.

⚡️Eski tarmoqlar yangi Toshkentga mos kelmayapti. Toshkent bugungi kunda 10 yil oldingi Toshkent emas. Yangi massivlar, novostroykalar va biznes markazlar soni juda ko‘paydi. Ammo elektr infratuzilmasining bir qismi eski davrdan qolgan.
Shuning uchun davlat hozir elektr tizimini keng ko‘lamda modernizatsiya qilmoqda. Yuzlab kilometr elektr tarmoqlari, o‘nlab podstansiyalar va transformatorlar yangilanmoqda.

😊Nega aynan sizning mahallada ko‘p o‘chadi?

Bunga bir nechta sabab bo‘lishi mumkin:

✔️Mahalladagi transformator ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan bo‘lishi mumkin.
✔️Ta'mirlash yoki modernizatsiya ishlari ketayotgan bo‘lishi mumkin.
✔️ Kabel tarmoqlarida avariya yuz bergan bo‘lishi mumkin.
✔️ Yangi qurilishlar sabab elektr iste'moli keskin oshgan bo‘lishi mumkin.

Bir tumanda svet tez-tez o‘chayotgan paytda boshqa tumanda umuman muammo bo‘lmasligi ham shundan.

Sizning mahallangizda svet haftasiga necha marta o‘chadi? 😉

TelegramInstagramYouTube
❤21🤔7👍2
June 8, 2026 13K 7 3