🚘 Issiq kunlarda “tonirovka”ga talab oshadi: ruxsatnomani qanday olish mumkin?
Yoz faslida avtomobil oynalarini qoraytirishga talab ortadi. Buning uchun esa avvalo ruxsatnoma olish kerak.
Eng qulay yo‘li — albatta my.gov.uz portali yoki mobil ilovasi orqali onlayn ariza topshirish.
Keling, buni tushuntirib o'tamiz:
🔹 my.gov.uz saytiga yoki mobil ilovasiga kirasiz;
🔹 “Avto oynalari tusini o‘zgartirish” xizmatini tanlaysiz;
🔹 Avtomobil davlat raqami va texpasport ma’lumotlarini kiritasiz;
🔹 Belgilangan to‘lovni amalga oshirasiz va tayyor ruxsatnomani yuklab olasiz.
Yana bir qulaylik — arizani aynan my.gov.uz orqali topshirganingizda to‘lov uchun 10 foizlik chegirma ham bor.
Shunday qilib, navbat kutmasdan va vaqt yo‘qotmasdan “tonirovka” uchun ruxsatnomani onlayn tarzda olishingiz mumkin.
Telegram • Instagram • YouTube

11
8
4
3
1June 15, 2026 16.6K 3 16