Aziz kanalimiz kuzatuvchilari, barchalaringizga bayram muborak bo‘lsin!
Bizdan bayramga katta tuhfa — “Fonus” loyihasi doirasida tasvirga olingan “Chegara” qisqa metrajli film premyerasini taqdim etamiz.
Biror tarixiy voqelikni fakt bilan tushuntirib berish mumkin, ammo shu jarayon ortida turgan fojealar inson iztiroblari bilan ko‘rsatib berilsa-chi? “Chegara”da ayni shunday qilinadi – taqdir sabab qo‘shni davlatga palaxmon toshidek otilgan ayolning ilojsizligi, ota-onaning siyosiy vaziyat sabab yo‘l qarash bilan o‘tayotgan umri… Dunyodagi eng katta fojia bu – erksizlik, u qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, qanday atalmasin, og‘riq beradi…
Biz chegaralar huddi doim ochiq bo‘lgandek, hayot hozirgi maromida oqgandek anglaymiz. Lekin uzoq bo‘lmagan kunlarga qarasak, bugun inson hayotida o‘zgarishlar katta, qadrlar baland.
Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin: https://youtu.be/266e3iOmfRs
Aytgancha, bayramga yana bir tuhfa loyihaning bosh filmi “Fonus” Iordaniyada o‘tkazilgan xalqaro festival mukofotini qo‘lga kiritdi.
@otabek_khasanov











