Adabiy kecha va kitob taqdimotiga taklifnoma Joriy yilning 24-iyul… — Islomjon Qo‘chqorov ijodi — TG.ME

Forwarded fromJAJadid.uz
📣📣📣📣📣
 
Adabiy kecha va kitob taqdimotiga taklifnoma

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 11:00 da Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Hirotga, bobomning huzuriga!" nomli kitobning ilk taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Mazkur asar "Jadid" gazetasi muharriri, shoir Shahriyor Shavkat qalamiga mansub bo‘lib, unda muallifning Afg‘oniston zaminidagi safari va ko‘rgan-kechirganlari real voqealar asosida bayon qilingan.

"Jadid kutubxonasi" rukni ostida chop etilgan ushbu safarnoma o‘quvchilarni buyuk mutafakkirlarimiz – Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mavlono Lutfiy, Boborahim Mashrab hamda Abu Rayhon Beruniyning mangu qo‘nim topgan maskanlari bilan tanishtiradi. Asarda bayon qilingan yo‘nalishlar Mozori Sharif, Balx, Kobul, Hirot, G‘azni va Taxor hududlarini qamrab oladi.

Kitobda Hayraton chegarasi ortidagi hayot, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda kam yoritiladigan Afg‘onistonning o‘ziga xos jihatlari hamda muallifning haqqoniy taassurotlari jamlangan.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston xalq shoiri, "Jadid" gazetasi bosh muharriri Iqbol Mirzo, akademik Abdulla A’zam, shuningdek, taniqli olimlar, ijodkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Barcha kitobxonlar va ma’naviyat ixlosmandlarini mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirga taklif etamiz.

Tilda, fikrda, ishda birlik!

Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❤3👍3🔥2🎉2
July 20, 2026 1.1K 2