Korrupsiyaga qarshi kurash qonun ustuvorligi va shaffoflik yo‘lida.
🏢Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha mutaxassis Yunusov Yunusjon ishtirokida brifing o‘tkazildi.
📌Brifing davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash sohasida korrupsiyaning oldini olish, qonuniylikni mustahkamlash hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.















