TOZA HUDUD SOG‘LOM MUHIT! ♻️Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

TOZA HUDUD SOG‘LOM MUHIT!

♻️Sanepidqo‘mita Andijon tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan Sanoat MFY hududidagi ko‘p qavatli turar joy binolarida sanitariya-profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
🔹 Tadbirlar davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘la, pod’yezd va boshqa umumiy foydalanish joylarida sanitariya holati nazorat qilinib, dezinfeksiya va dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.
🦠 Dezinfeksiya — tashqi muhitdagi yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish yoki zararsizlantirishga qaratilgan sanitariya tadbirlaridir.
🪳 Dezinseksiya esa zararli hasharotlarni yo‘qotish va ularning ko‘payishi hamda tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbir hisoblanadi.
Mazkur ishlar ko‘p qavatli turar joylarda sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash, yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish va aholi uchun xavfsiz yashash muhitini ta’minlashga asos bo’ladi.
September 2, 2026 82