BOZORLARDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NAZORATDA ♻️ Sanepidqo‘mita… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

🛒 BOZORLARDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI NAZORATDA

♻️ Sanepidqo‘mita Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan “Dehqon bozori”da sanitariya targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida bozor rastalarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya holati hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi o‘rganildi.
🧪 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat-monitoring ishlari olib borildi.
⚠️ Tibbiy tavsiya:
🍎 Oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan va sanitariya talablariga javob beradigan savdo joylaridan xarid qiling.
🥩 Go‘sht, sut, tuxum va boshqa tez buziluvchi mahsulotlarning sifati hamda saqlash sharoitiga e’tibor bering.
🌡️ Tez buziluvchi mahsulotlar belgilangan harorat sharoitida saqlanganligiga ishonch hosil qiling.
🧼 Ovqat tayyorlash va iste’mol qilishdan oldin qo‘llarni sovunlab yaxshilab yuving.
❗️Mahsulotning tashqi ko‘rinishi, hidi yoki ta’mi o‘zgargan bo‘lsa, uni iste’mol qilmang.
September 2, 2026 70