BOTULIZM HAYOT UCHUN XAVFLI KASALLIK!
❗Botulizm botulotoksin ta’sirida yuzaga keladigan, og‘ir kechishi va asab tizimini zararlashi mumkin bo‘lgan oziq-ovqat orqali yuqadigan kasallikdir. Qo‘zg‘atuvchi kislorodsiz muhitda rivojlanib, kuchli zahar — botulotoksin ishlab chiqaradi.
🥫 Botulizm xavfi ko‘proq:
— uy sharoitida tayyorlangan konservalangan mahsulotlar;
— sanitariya talablari buzilgan holda tayyorlangan va saqlangan mahsulotlar;
— kelib chiqishi va xavfsizligi noma’lum konservalardan foydalanilganda yuzaga keladi.
⚠️ Muhim!
Botulizm qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan mahsulot tashqi ko‘rinishi, hidi yoki ta’mi o‘zgarmagan holda ham xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli shubhali konservani tatib ko‘rish mumkin emas.
✅ Botulizmning oldini olish uchun:
• uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlashdan saqlaning;
• noma’lum sharoitda tayyorlangan va xavfsizligini tasdiqlovchi ma’lumotlari bo‘lmagan konservalarni xarid qilmang;
• konserva mahsulotining yaroqlilik muddati va qadoq butunligiga e’tibor bering;
• qopqog‘i shishgan yoki shikastlangan konservalarni iste’mol qilmang;
• oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qiling.
🩺 Botulizmga shubha tug‘ilganda vaqtni boy bermang!
Zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qiling. Kasallikni uy sharoitida o‘zboshimchalik bilan davolash mumkin emas.
❗ Shubhali konservani iste’mol qilmaslik botulizmning oldini olishdagi muhim choradir.
September 2, 2026 100