🏅 YUKSAK E’TIROF MUNOSIB MEHNAT NATIJASI
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasida uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar “Mustaqillikning 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🏅 Mukofotlanganlar orasida boshqarma rahbari o‘rinbosari I. Sotvoldiyev, Muvofiqlashtirish bo‘limi mudiri Sh. Qo‘ziboyev, Virusologiya laboratoriyasi boshlig‘i M. Madaliyeva hamda Sanitariya-gigiyena laboratoriyasi mudirasi M. Usmonova bor.
👏 Mazkur e’tirof ularning sohada olib borayotgan faoliyati, mas’uliyatli mehnati va aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi xizmatlariga munosib baho bo‘ldi.
💐 Taqdirlangan hamkasblarimizni ushbu quvonchli voqea bilan muborakbod etamiz. Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va kelgusidagi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

4
2
1August 30, 2026 230 7