TABRIKNOMA 🇺🇿Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni O‘zbekiston… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

TABRIKNOMA

🇺🇿Hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik shonli sanasi bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari, erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashdek ulug‘ huquqining timsolidir.
💐Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot, yangilanish va bunyodkorlik yo‘lidan dadil odimlamoqda. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu ishlar yurtimizning yanada yuksak marralar sari intilayotganidan dalolat beradi.
💐Ayniqsa, aholi salomatligini asrash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, sog‘lom va farovon jamiyat barpo etish yo‘lidagi har bir ezgu tashabbusda ham Mustaqillikning beqiyos ahamiyati namoyon bo‘ladi.
💐Fursatdan foydalanib, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan barcha fidoyi insonlarga chuqur minnatdorlik bildiraman!

Hurmat bilan,
A. Ikromov
👏7👍4🔥1🥰1
August 31, 2026 245 4