ANQARADA XALQARO TADBIRDA ISHTIROK ETILMOQDA. 📍 Turkiya… — Sanepidqo’mita Andijon viloyati boshqarmasi — TG.ME

🇺🇿🇹🇷 ANQARADA XALQARO TADBIRDA ISHTIROK ETILMOQDA.

📍 Turkiya Respublikasining Anqara shahrida jamoat salomatligi sohasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish va ularga tezkor javob choralarini ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘tkazilmoqda.
🌐 UNICEF tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi vakillari ishtirok etmoqda.
🇺🇿 Jumladan, Sanepidqo‘mita Andijon viloyati boshqarmasi boshqarma o‘rinbosari I. Sotvoldiyev mazkur tadbirda qatnashmoqda.
🤝 Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarda aholi salomatligini muhofaza qilish, tezkor xizmatlar hamkorligi va ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.
👍2
August 28, 2026 182 1