⛔️Ehtiyot bo’ling, katta avlodga yoqmaydigan fikrlar!
Bir qarashda farzandingizni boshqalarni quchoqlash yoki o’pishga majbur qilishingiz beozor bir harakatdek ko’rinishi mumkin, ammo bu harakatingiz farzandingiz uchun juda xavfli bo’lishi mumkin.
Bolani boshqa bir katta insonni quchoqlash/ o’pishga majburlash bolaga quyidagi fikrni singdiradi:
✔️Tanangga sen emas, men ho’jayinman aslida
✔️Sening “yo’q” deyishing hech narsani o’zgartirmaydi
✔️Birovni hafa qilmaslik uchun o’zingga yoqmagan ishni qilishga majbursan
✔️Mehr-muhabbat har doim jismoniy yaqinlik bilan ko’rsatilishi shart
✔️Do’st-qarindosh degani xavfsiz inson degani
Mana shu fikrlarni chuqurroq analiz qiling-da, biroz qo’rqib ketasiz. O’zingizga savol bering “Hamma katta odamlar ham xavfsizmi?”. Aslida biz bolalarimizni o’sha “katta odamlar” dan himoya qilmaymizmi? Hamma yaqin insonlarimiz xavfsizmi yo? Unda nega millionlab bolalar yaqinlari tomonidan zo’ravonlikka uchragan?
Dostoyevskiy aytgandek, “Kopeykalik sham butun Moskvani yoqib yuborgan, bilsangiz”. Hamma katta fojealar kichik harakatlar sabab bo’ladi.
Shuning uchun farzandlaringizni “tarbiyali” ko’rinishi uchun boshqalar bilan jismoniy yaqinlik qilishga majburlash o’rniga ularning intuitsiyasiga ishoning, shaxsiy chegaralarini belgilashida yordam bering va o’ylab topilgan emas, balki haqiqiy rishtalar bog’lashda yordam bering.