E’tibor qilgan bo’lsangiz, turmushga chiqayotgan qizlarga farzandni emizish haqida hechqanday tushinchalar berishmaydi, faqat hizmat qilishni ko’ngil olishni o’rgatish bilan cheklanishadi o’zbek mentalitimizdagi ayollar.
Hattoki menga ham hech narsa o’rgatishmagan hech narsa aytishmagan, oila qurganimdan keyin oz muddat ichida Robbim fazlidan homiladorlik ne’matini berdi. To’yimizga bir yil o’tmasdan onalik baxtiga ham erishdim alhamdulillah, shu bilan oldinda meni nimalar kutib turgani haqida umuman bilmasdim.
Togʻri homiladorlik, farzandni dunyoga keltirish haqida o’qidim o’rgandim, lekin farzandni ona suti bilan ozuqlantirish haqida hechqanday malumotim bo’lmagan, men esa farzand tug’iladi va emizib ketaveramiz deb o’ylaganman.
Agar shunday oson jarayon bo’lsa nega hozr 80% onalar emizish bilan muommosi bor, qo’shimcha ovqat (smesga o’tib ) ketishgan, nima emush sutim kam, yetmayabti, yig’lyabti, bolam smesga o’tib ketdi. Bu gaplarni men ham ona bo’lganimdan keyin ko’p eshitdim.
Men bir narsani aytaman, bizni ilimimiz yo’qligi sabab biz marketing qurbonlariga aylanganmiz
Davomi bor
Ummu Husayn




