Farzand tarbiyasida uning mijozini bilish qanchalik kerak?
Insonlarning hammasi ham bir hil bo’lmaydi, ya’ni tug’ma ular xarhil mijozlarda yaratilgan bo’ladi, tarbiyada bu eng katta rolni bajaradi ya’ni farzandingizni qanday mijozdaligini aniqlab, shunga qarab muomilada bo’lasiz va yo’nalishlarga yo’naltirasiz.
Yoshligimdan beri esmda mendan tez harakat qilishimni, va bir vaqtni o’zida ko’p ishlarni qilishimni talab qilishardi, va sekin harakatliligimni ta’kidlab hafa qilishardi, ichimdan men unday emasman va uni bajarolmayman deb jizzaki bo’lib qolardim.
Balg’am mijozli insonlar, sekin tipga munosibligi uchun, ular bir vaqtni o’zida ikki,uch ishni ketma-ket bajarolmaydi, bir boshidan tozza, tartibli qilib bajaradi, va ko’p narsalarda boshqa mijozlarga qaraganda farq qiladi o’zlashtirish bo’yicha ham.
Aynan balg’am mijozli boladan, ko’p narsalarni bajarishini talab qilmaslik, va unga og’ir narsalarni yuklamaslik, va og’ir sport turlariga majburlamaslik, va bir qancha ishlarda unga munosib bo’lmagan, narsalarni talab qilmaslik kerak bo’ladi.
Bizning xatoyimiz ham aynan shunda, boshqa bolalarni qilaolgani uchun biz ham farzandimizdan uni talab qilamiz, aslida unga iqtidorli bo’lmaydi, u undan boshqacha yaratilgan.
Shuning uchun ham bolaning entilikt turlarini aniqlash, va shunga qarab chora tadbir ko’rib yo’naltirish kerak, yo’qsa ichida Fotih shijoati bo’lgan boladan Yunus bo’lishini kutib xato qilamiz. U bolani Yunus bo’lishiga majbur qilib, fitratidagi Fotih dasturiga zarar bergan bo’lamiz, va shu tariqa farzandlarimiz o’z iqtidorlarini yo’qotishadi.
Ummu Husayn kanalini yaqinlaringiz bilan ham bo’lishing