Tadbirkorlar kuni muborak!
Bugun yurtimizda tadbirkorlar kuni nishonlanmoqda.
Bugun biz jur'at qilganlarni, haammadan oldin uyg'onib, hammadan keyin uxlaydiganlarni, birinchi mijozining qo'ng'irog'ini hali ham eslaydiganlarni, "bo'lmaydi" degan gaplarni eshitib turib ham, baribir maqsadiga erishganlarni tabriklaymiz.
Sizda mahsulot bor, jamoa bor, sifat bor. Endi bozorda faqat bularning o'zi yetmaydi — odamlar sizni bilishi, tushunishi va ishonishi kerak. Marketing aynan shu ko'prikni quradi: yaxshi ishni ko'rinadigan, ko'rinadigan ishni esa sotiladigan qiladi, brend qurishga yordam beradi.
Bugungi kun talabi esa yanada aniq: marketing endi alohida bo'lim emas. U sotuv bilan bir tilda gapirganda, jamoa bilan bir maqsad sari harakat qilganda, moliya bilan bir raqamga qaraganda — ana shunda haqiqiy natija tug'iladi. Shunda reklama byudjeti xarajat emas, investitsiyaga aylanadi.
Lokals uzoq yillardan beri aynan mana shu ishni qilib keladi. Lokalsni har bir yutug'ida, maqsadida, ish tartibida tadbirkorning o'rni bor. Biz sizlarni brend qurish yo'lida sheriklar deymiz.
Bayramingiz bilan sheriklar.
Ishingiz omadli, mijozingiz sodiq, brendingiz kuchli bo'lsin.
Hurmat bilan, Lokals jamoasi.