Zo’r ijodkor(kreator) bo’lmang. Qanday qilib zo'r kreator bo'lish… — lokals‘ media — TG.ME

lokals‘ mediaYangi ish haftasini yaxshi boshlab oldingizmi? Bu hafta qaysi mutaxassisimiz o'z tavsiyalari, fikrlari bilan bo'lishsin? Emojilar bilan ovoz bering. Said Nazrillayev - 👍 Shaxa Saliev - 🔥
Zo’r ijodkor(kreator) bo’lmang.

Qanday qilib zo'r kreator bo'lish mumkin?

Bu savol sohaga endi kirib kelayotganlarning ko'pchiligini o’ylantirib keladi. Javobni internetdan (so'nggi paytlarda esa AI-assistentlardan) qidiradilar va "Kreativlikni oshirishning 7 ta usuli" yoki "Kuzatuvchanlikni qanday kuchaytirish kerak" qabilidagi qo'llanmalarni topadilar.

Bu haqda cheksiz gapirish mumkin: kuzatuvchanlik oshirish, tajriba, tavakkal qila olish… Lekin bularning hammasi bitta oddiy insoniy tuyg'u — qiziquvchanliksiz befoyda.

Aynan qiziquvchanlik yaxshi kreatorni o'rtamiyonadan, kelajagi bor mutaxassisni umidsiz mutaxassisdan ajratib turadi.

Qiziquvchanlik 15-martalab tuzatishlardan keyin ham taslim bo'lmaslikka majbur qiladi. Birinchi uchragan insayt bilan cheklanmay, chuqurroq izlanishga undaydi, sohani, brendlarni, tendensiyalarni kuzatib borishga majbur qiladi. Chunki uning miyasida doimo bitta savol bo’ladi: "Nega, nimaga shunaqa?"


Va aynan samimiy qiziquvchanlik notanish kategoriyalarni, mahsulotlarni tushunishga, brifinglarda menejerlar bilan umumiy til topishga yordam beradi. Chunki qiziqsangiz, brendga nega aynan shu narsa kerakligini rostdan ham bilgingiz keladi.

Kuzatuvchan bo’lish foydasiz — agar kimdir nega aynan shunday reklama qilganiga qiziqmasangiz. Freymvork va metodikalar foydasiz — agar ular nega kerakligini tushunmay, shunchaki yodlab olsangiz. Hatto zo'r kitoblarni qayta o'qish ham foydasiz — agar maqsadingiz ularni shunchaki o'qib chiqish va ular mo'jizaviy usuldek ta'sir qilishini kutish bo'lsa.


Shuning uchun yaxshi kreatorning formulasi oddiy:
qiziquvchan = juda tez o'sayotgan va kelajagi bor;
qiziquvchan emas = qotib qolgan va keraksiz.

Yaxshi kreatorlar o'zini zo'r deb hisoblamaydi. Chunki zo'r kreator savol berishni to'xtatadi va har bir harakatiga haddan tashqari ishonadi. Demak, yangi narsa o'rganishdan to'xtaydi — demak, sohadan juda tez g'oyib bo'ladi.

Shuning uchun zo'r kreator bo'lmang — qiziquvchan bo'ling.

Shaxa Saliev. Lokals kreativ direktori.
🔥10❤3🙏3⚡1
August 14, 2026 690 4 3