Sherigimni o'zim tanlay olamanmi? Yo'q. Paralar tashkilotchi… — lokals‘ media — TG.ME

lokals‘ mediaBizda 100 nafar mutaxassis ro'yxatdan o'tdi. Ishtirok etishni istaganlarga minnatdorchilik bildiramiz. Tanlov haqida sizda bo'lishi mumkin bo'lgan savollarga qisqa javoblarni berib boramiz. 1. Kimlar qatnasha oladi? 18 yoshdan oshgan har qanday kopirayter…
Sherigimni o'zim tanlay olamanmi?


Yo'q. Paralar tashkilotchi tomonidan random (tasodifiy) tartibda shakllantiriladi — bu tanlov formatining asosiy sharti. Paralar 04.09.2026 da yopiq guruhda e'lon qilinadi.

Sherigim bilan qanday tanishaman?


Paralar e'lon qilingandan so'ng yopiq Telegram guruhda tanishuv sessiyasi o'tkaziladi. Keyin sherigingiz bilan o'zaro qulay formatda ishlashni davom ettirasiz.

Sherigim aloqaga chiqmasa yoki tanlovdan chiqib ketsa nima bo'ladi?


Darhol tashkilotchiga murojaat qiling. Sizga zaxira ro'yxatidan yangi sherik biriktiriladi. Qo'shimcha muddat berilmaydi, shuning uchun bunday holatni kechiktirmasdan xabar qilish muhim.

Kopirayterlar va dizaynerlar soni teng chiqmasa-chi?


Paralar teng sondan shakllangani uchun, ortiqcha qolgan ishtirokchilar ro'yxatdan o'tish navbati bo'yicha kutish ro'yxatiga kiritiladi. Ro'yxatdan o'tish muddati tugagunga qadar para shakllanmasa, ishtirokchi ushbu tanlovda qatnasha olmaydi — bu haqda alohida xabar beriladi.

Brif qachon va qayerda beriladi?


05.09.2026 soat 10:00 da yopiq Telegram guruhda e'lon qilinadi.
🔥3❤1
August 29, 2026 951 4 2