Bizda 100 nafar mutaxassis ro'yxatdan o'tdi. Ishtirok etishni… — lokals‘ media — TG.ME

Bizda 100 nafar mutaxassis ro'yxatdan o'tdi.

Ishtirok etishni istaganlarga minnatdorchilik bildiramiz. Tanlov haqida sizda bo'lishi mumkin bo'lgan savollarga qisqa javoblarni berib boramiz.

1. Kimlar qatnasha oladi?

18 yoshdan oshgan har qanday kopirayter va dizayner. Tajriba darajasi muhim emas — talaba ham, amaliyotchi mutaxassis ham qatnasha oladi. Lokals xodimlari va hakamlarning yaqin qarindoshlari qatnasha olmaydi.

2. Ishtirok pullikmi?

Yo'q, tanlovda ishtirok mutlaqo bepul.

3. Toshkentda yashamasam qatnasha olamanmi?

Ha. Tanlov jarayoni to'liq onlayn o'tadi — brif, savol-javob va ishlarni topshirish yopiq Telegram guruh va Google Forms orqali amalga oshiriladi. Tanlov g'olibi bo'lsangiz ish taklifi beriladi, ish taklifini qabul qilish uchun Toshkentda yashashingiz kerak.

4. Yakka o'zim (parasiz) qatnasha olamanmi?

Yo'q. Tanlov formati — kreativ para (1 kopirayter + 1 dizayner). Lekin sherik izlash shart emas: siz yakka ro'yxatdan o'tasiz, sherikni biz biriktiramiz.
🔥6
August 28, 2026 1K 11 6