G‘oyani o‘ylab topib bo‘lmaydi. Umuman o‘ylab topish degan… — lokals‘ media — TG.ME

lokals‘ mediaYangi ish haftasini yaxshi boshlab oldingizmi? Bu hafta qaysi mutaxassisimiz o'z tavsiyalari, fikrlari bilan bo'lishsin? Emojilar bilan ovoz bering. Said Nazrillayev - 👍 Shaxa Saliev - 🔥
G‘oyani o‘ylab topib bo‘lmaydi.

Umuman o‘ylab topish degan tushunchaning o‘zini analiz qilib ko‘rsak, qiziq narsa chiqadi.

Qandaydir reklama kampaniyasi, rolik ssenariysi, biror bir reklama xabari yaratish uchun kontekst, odamlarning ichidagi insaytlar, ularni bezovta qilayotgan muammolar haqida o‘ylash kerak.

Ular haqida o‘ylar ekansiz, analiz qilishni boshlaysiz: ma’lumot qidirasiz, intervyular o‘tkazasiz, so‘rovnomalar qilasiz… birozdan keyin qo‘lingizda sizga kerakli mavzu bo‘yicha informatsion baza paydo bo‘ladi.

Miyangiz shu bazaning ichidagi ma’lumotlarni bir-biri bilan solishtirib, birlashtirib, qandaydir noyob va qiziqarli narsalarni topadi. Aynan shu topilma keyinchalik kampaniyaga, ssenariyga, xabarga aylanadi.

Lotin tilida bir gap bor — ex nihilo nihil. Yo‘q narsadan bor narsa qilib bo‘lmaydi.

Shuning uchun keyingi safar biror narsani o‘ylab topish kerak bo‘lsa, miyangizni bekorga qiynab o‘tirmang, u o‘zidan-o‘zi g‘oya tug‘ib berolmaydi. Kontekst, auditoriya, mahsulot, raqobatchilar haqida o‘ylang va chiqqan ma’lumotlar ichidan javob toping.

G‘oyani o‘ylab topib bo‘lmaydi. G‘oyani o‘ylab (vergul) topib bo‘ladi.

Said Nazrillayev, Lokals kreativ direktori.
🔥10❤6👏4
August 12, 2026 727 4 7