Qiziquvchanlik Qiziquvchanlik chindan ham hammamizga tug'ilganimizda… — lokals‘ media — TG.ME

lokals‘ mediaZo’r ijodkor(kreator) bo’lmang. Qanday qilib zo'r kreator bo'lish mumkin? Bu savol sohaga endi kirib kelayotganlarning ko'pchiligini o’ylantirib keladi. Javobni internetdan (so'nggi paytlarda esa AI-assistentlardan) qidiradilar va "Kreativlikni oshirishning…
Qiziquvchanlik

Qiziquvchanlik chindan ham hammamizga tug'ilganimizda berilgan. Biz butun dunyoni har bir harakatimizdan yoki savolimizga olingan javobdan keyin chiqargan xulosalarimiz orqali o'rganamiz.

Ha, bolaligimizda deyarli har qanday savolga javobni kattalardan topamiz — lekin biz bu yerda bolalik haqida gapirmayapmiz. Bu yerda har bir "nega"ga javob topadigan katta odam — bu o'zingizsiz. Shunchaki kimgadir savol bermang, balki savollarga "sho'ng'ing" va ularga javob topish yo'llarini izlang.

Qiziquvchan odamlar kimdir javob berishini kutib o'tirmaydi va javob berilmaganda ham taslim bo'lmaydi. Kimdandir tayyor javob kutishni yechimning oson yo'lini yoqtiradiganlar yaxshi ko'radi (qisman shuning uchun ham AI-agentlar oddiy foydalanuvchilar orasida juda tez ommalashib ketdi — javobni o'zing topgandan ko'ra, uni sen uchun javonlarga terib berishlarini kutish ancha oson).

Albatta, ko'p savollarga javobni o'zingiz topishga to'g'ri keladi: bir joyda to'g'ridan-to'g'ri so'raysiz (hatto "ko'p savol berma" deyishsa ham, javob beradigan odamni topishga urinasiz), boshqa joyda ma'lumotni mustaqil qidirib, uni qo'llab ko'rasiz (albatta xato qilasiz, bu qo'rqinchli emas. Demak, javob noto'g'ri bo'lgan yoki aynan sizning holatingizga to'g'ri kelmadi — va yanada izlashda davom etish kerak).

Qiziquvchanlik — bu javobni qaysarlik bilan izlash, javob topish usullari esa turlicha bo'lishi mumkin: bir joyda siz xuddi boladek bo'lasiz, hamma narsani bajonidil aytib bermoqchi bo'lgan odamdan so'rab-surishtirasiz; boshqa joyda esa chindan ham detektivga aylanasiz — satrlar orasidan ma'no topishga urinasiz yoki javob olish uchun bir talay manbani tahlil qilasiz.

Bu yerda qat'iy kategoriyalik — "mana bunday qil, unday qilma" degan variant yo'q. Bir joyda o'zingiz, boshqa joyda kimningdir ekspertizasi yordamida savollarga javob izlaysiz. Fikrimning mohiyati shuki: javobni izlash va uni tez topolmaganingizda taslim bo'lmaslik.

Shaxa Saliev. Lokals kreativ direktori.
🔥6🐳1💯1
August 18, 2026 771 1