🍒 O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda
🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 57,9 mln AQSH dollari bo‘lgan 23,3 ming tonna gilos eksport qilgan.
🇺🇳 BMTning Comtrade xalqaro savdo ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston 32,2 ming tonna yangi uzilgan gilos eksport qilgan. Eksport qiymati 70,4 mln AQSH dollarini tashkil etgan.
🌍 Mazkur natija bilan O‘zbekiston gilos eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinni egallagan.
📈 O‘zbekistonning 2016–2025 yillardagi gilos eksporti hajmi:
2016-yil — 29,2 ming tonna;
2017-yil — 30,6 ming tonna;
2018-yil — 33,8 ming tonna;
2019-yil — 16,8 ming tonna;
2020-yil — 31,3 ming tonna;
2021-yil — 60,8 ming tonna;
2022-yil — 25,4 ming tonna;
2023-yil — 45,0 ming tonna;
2024-yil — 32,2 ming tonna;
2025-yil — 31,7 ming tonna.
🌍 2024-yilda gilos eksporti hajmi bo‘yicha yetakchi davlat va hududlar:
Chili — 529,5 ming tonna;
Gonkong (Xitoyning maxsus ma’muriy hududi) — 168,4 ming tonna;
AQSH — 84,2 ming tonna;
Turkiya — 66,5 ming tonna;
Ispaniya — 34,1 ming tonna;
O‘zbekiston — 32,2 ming tonna;
Gretsiya — 28,0 ming tonna;
Ozarbayjon — 25,8 ming tonna;
Avstriya — 18,1 ming tonna;
Moldova — 10,1 ming tonna.
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter