#Tabrik
Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan Tadbirkorlar kuni bilan viloyatimizdagi barcha soha vakillarini tabriklaymiz!
Bugun viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini ta’minlashda sizlarning fidokorona mehnatingiz, tashabbuskorligingiz hamda bunyodkorlik salohiyatingiz muhim tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda. Farg‘onalik tadbirkorlarning iqtisodiy islohotlar jarayonidagi faol ishtiroki va loyihalari har qanday tahsinga loyiqdir.
Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sermahsul faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik, qut-baraka va sog‘lik-salomatlik tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz tadbirkorlar!
https://t.me/ferganaexport

1
1August 20, 2026 3.2K 5