Farg'ona Eksportchilar Uyushmasi: post #5808 — TG.ME

Qishloq xo‘jaligi yerida uy qurish mumkinmi?

🔜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-322-son qarori fermer xo‘jaliklariga chorvachilikni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

📌 Qarorga ko‘ra:
🔍 49 yilga ijaraga berilgan yerlar hamda kamida 10 gektar yer maydoniga ega xo‘jaliklarda yerning 1 foizi (biroq 20 sotixdan oshmagan qismi)da:

🔍 yengil konstruksiyali bino

🔍 suv rezervuari

🔍 ozuqa saqlash omborlari qurishga ruxsat berilgan.


🚫 Lekin ayrimlar bu normani uy-joy qurishga ruxsat deb noto‘g‘ri talqin qilmoqda.

❗️ASLIDA: Qarorda uy-joy qurish haqida gap yo‘q. Faqat chorva saqlash infratuzilmasi nazarda tutilgan.

🌱 Bu cheklov emas — yerni asrash chorasi. Chunki qishloq xo‘jaligi yeri — bu rizq manbai.

https://t.me/ferganaexport
August 6, 2026 2.3K 14