☀️ “Tadbirkordan tadbirkorga – muvaffaqiyat sari ilhom ulashamiz!”
📈 Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda. Bugun yurtimizda mehnatkash va tashabbuskor tadbirkorlar nafaqat o‘z biznesini rivojlantirmoqda, balki hududlar taraqqiyoti va aholi farovonligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda.
🤝 #TadbirkordanTadbirkorga loyihasi ana shunday fidoyi tadbirkorlarning muvaffaqiyat yo‘lini keng jamoatchilikka tanitishni maqsad qilgan.
🍎🥭 Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani O‘qchi mahallasida faoliyat yuritayotgan “Yangi Farg‘ona Meva Eksport” korxonasi rahbari Murodov Anvarxon hudud iqtisodiyoti va aholi bandligini ta’minlashda munosib o‘rin egallab kelmoqda. Tadbirkor tashabbusi bilan tashkil etilgan zamonaviy ming tonna sig‘imga ega muzlatkichli ombor bugun meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va eksportga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📦 Erta bahordan kech kuzgacha pishib yetiladigan turli xil mevalar aynan ushbu omborda sifatli saqlanib, saralanib hamda eksportga yo‘naltirilmoqda. Bu esa mahsulotlarning mavsumdan tashqari davrda ham o‘z sifatini saqlab qolishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning daromadini oshirishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.
📈 Tadbirkorning fidokorona mehnati tufayli bugun hududda iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlash borasida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Eksport hajmining ortishi esa Farg‘ona viloyatining eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda.
Tadbirkorning muvaffaqiyati – yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi va kelajak avlod uchun yangi imkoniyatlar demakdir.
#TadbirkordanTadbirkorga #Biznes #Eksport #Bandlik
🇺🇿 Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati.
@farbandlik_info
July 29, 2026 956 5