Bugun Xorazmda davlat rahbari tadbirkorlarga murojaat yo'llamoqda… — Allaev Uz — TG.ME

Bugun Xorazmda davlat rahbari tadbirkorlarga murojaat yo'llamoqda.

Unda aytilgan ba'zi raqam va muhim yangiliklar:

- O'zbekistonda biznes hamjamiyat 1 200 000taga yetgan. Ularning iqtisodiyotga hissasi alohida aytib o'tildi.

- Biznesini mahallada boshlab, yurtimiz bo‘ylab o‘nlab filiallarga ega bo‘lgan tadbirkorlar 550 tadan, milliy brendini yaratganlar 300 tadan oshdi.

- O‘tgan yarim yillikda O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,5 foizga o‘sdi. “Fitch” va “Moodyʼs” agentliklari mamlakat suveren kredit reytingini bir pog‘ona yaxshiladi.

- Jahon bankining investitsiya va ishbilarmonlik muhiti bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 31-o‘rinni egalladi.

- Qo‘shilgan qiymat solig‘iga o‘tish chegarasi 1 milliard so‘mdan 5 milliard so‘mga oshirildi.
👍25👎13😁4❤2
August 18, 2026 3.7K 10