Maktab paytlarim hozirgiga qaraganda kitoblarni tez o‘qib tugatardim. Birini tugatib bo‘liboq boshqasini boshlardim. Hozirgichalik tushunib o‘qimagan bo‘lsam ham juda ajoyib damlar edi, zavqi ham o‘zgacha...
O‘shanda o‘qigan kitoblarim haqida suhbatlashadigan bor yo‘g‘i ikki inson bo‘lardi. Biri dugonam, biri sinfdoshim. Taassurotlarimni doim shu ikkisi bilan baham ko‘rardim. Keyin nimadir bo‘ldi-yu, suhbat yetarli emasday tuyula boshladi. Yozishim kerak edi. Keyin bir kanal ochib yoza boshladim, lekin o'chirib yubordim. Vaqt o‘tib avvalgi Yabanci, hozirgi @stoik_kundaligi kanallari egasi Samandar boshlagan #21kun21hikoya heshtegi ostidagi chellenjga qatnashish bahonasida yana qaytadan kanal ochdim, @HamKitob'ni.
Bu yerga o‘qiganlarim haqida yozarkanman (qanaqaligidan qat‘iy nazar), nazarimda, hech narsa yo‘qotmadim, aksincha ko‘p narsa topdim, yaxshi insonlarni uchratdim.
Umuman olganda, shu yerda bo‘lganingiz uchun barchangizdan minnatdorman, yaxshilar. Qachondir kitoblar haqida qaytadan yozishni boshlarman, bilmadim. Ammo hozir oldingidek kitobni faqat o‘qishni va ora-orada uni shunchaki zo‘r asarligini aytib, o‘qib ko‘r, deb qo‘yishnigina istayman, xolos.
Xullas, noma‘lum muddatga xayr. Sizga esa yoqimli mutolaa, yaxshilar.
Ozoda





