#poeziya
Osmonga termildim
termildim
etilmadim afv
yog‘ilmadi
egnimni shalabbo qilib
sen bitgan xatlar
nega
Xudo kabi sen ham
bildirmay qo‘yding
mavjud ekaning.
Men baribir ishondim
asradim qalbimda
nomlaringizni
sig‘indim
o‘tindim
kutdim...
istadim vaqt
ortga qarab surilib borsa
yetsam yana senga
yetsam Xudoga.
Biroq
qara
bu oqshom
bu qora osmon
shu nam bolish
shu qadrsiz satr
yana chirmovuqdek
sochimga o‘rlashgan
iblisdan boshqa
hech vaqom yo‘qdir.
Anif
March 8, 2025 941 2