Tugadi. Negadir asar juda jo‘n tuyuldi. Mavzusi menga tanishligiga shunaqami desam, avval men o‘qigan kitoblarda ham o‘xshash va tanish mavzular bo‘lgan. Menimcha, hamma gap tasvir oddiyligida. Ba‘zi asarlar bo‘ladi – oddiy tilda yozilsa ham o‘quvchi uni his qiladi, yozuvchi esa fikr-u xayollari, so‘zlarini yetkazib bera oladi. Fikrimcha, Chingiz Aytmatov buni uddalay olmagan. "Jamila" esa o‘qilmasa ham bo‘ladigan asarlardan deb o‘yladim. O‘sha biz eshitgan syujet. Boshqa narsa ko‘rmadim. Xullas, kitobni o‘qib hech nima olmadim, maza qilmadim. Balki men hissizlashib ketgandirman-u, ijodkorni anglolmagandirman.
March 3, 2025 766