Men yo‘lda davom etgan yagona odam edim. Lekin ich-ichimdan muzlab qolganimni keyin angladim.
Odam yoqtirib qolganda qanday hodisalar sodir bo‘larkin, qiziq? Aytishlaricha, vujudida kapalaklar qanot qoqib, tomirlaridagi qon gazlangan suvdek ko‘piradi.
Ehtimol, o‘zim nimani his qilayotganimni tushunmaganim uchun unga bu haqda bir og‘iz ham gap ochmagandirman.
Xayolga erk berishning nimasi yomon?
Axir hali sevgi nimaligini o‘zim ham yaxshi bilmasam. Bu, balki, qornimdagi og‘riqdandir?
Oskar, ba‘zida qo‘rquvga chap berib harakat qilishga to‘g‘ri keladi, – dedi buvim. Chunki qay biri ko‘proq ahmoqgarchilikligini bilmaysan. Sevgini tan olib, rad javobini eshitishmi yoki jur‘at etolmaslikmi?!.
Orzungga oshiq bo‘l.
Izlayotgan savollaringga javob o‘zingda.
Tushda haqiqiy hayotda bo‘lgani kabi hamma narsa bo‘lishi mumkin.
Endi bari o‘zgacha. Hamma narsa o‘zgargan. O‘rindiqda yolg‘izlik bilan yolg‘iz dardlashayotgandek edim. O‘zimni dunyodagi yagona mavjudot singari his qila boshlagandim.
Shu sovuqda yolg‘izlik bilan uyga qaytamanmi?
Muhabbat deganlari shu ekan-da... Lekin ko‘ksimda kapalaklar qanot qoqmasdi. Odamlar bu tuyg‘uni har xil va turlicha his qiladi.
Ichimdagi tuyg‘ular naqadar tushunarsiz?!.
Qachonlardir men ham haligi bolalardek to‘p ketidan yugurardim. Hozir esa xohishim yo‘qroq. Endi, umuman olganda, hammasi o‘zgacha. Hammasi...
Tuyg‘ularni izhor etishdan cho‘chima...
Lekin xayolan boshqa insonni izlayapman.
Cherstin Lundberg Xan "Baxt pechenyesi"