HamKitob: post #850 — TG.ME

#kitobdan

Zero, sizlarning munkillab qolgan jamiyatingiz uchun eng muhimi odob saqlash...


Qayg‘u uni tarbiyaladi.


Abadiy farog‘at yoki jahannamda mum qaynab turgan qozondagi abadiy qiynoqqa nisbatan oltmish yillik sinov nima degan gap?


Ularga bu xavf go‘zal bo‘lib ko‘rinardi, lekin mening atrofimni o‘rab turgan narsalarning naqadar jirkanchligini o‘zimdan bo‘lak kim ham tushuna olardi deysiz?


Sal narsagayam og‘zi qulog‘iga yetadigan kishidan durustroq odam chiqadi deysizmi? Nari borsa rassom bo‘ladi-da.


Men musiqani, tasviriy san‘atni sevaman. Yaxshi kitob – men uchun katta bir voqea. Mening butun siyosatim ana shu.


Bu g‘alati ziddiyat – xudojo‘ylik va ozodlikka bo‘lgan muhabbatning bir kishida mujassamligi uni juda hayratga solmoqda edi.

‌‌
Zero, inson ko‘ngil ochishni bilmog‘i kerak.


Hayotimning har bir kuni kechagi kunning bema‘ni takrori bo‘lmasligi kerak.


Aynigan va diqqinafas asr!


Siyosat – bu adabiyot bo‘yniga bog‘langan xarsangtoshdir, – oradan yarim yil o‘tmasdanoq u badiiy asarni g‘arq etadi. Fantaziya to‘qimasi orasiga siyosatni suqish – konsert paytida to‘pponchadan o‘q uzish bilan barobar. Bu yurakni yoradigan tovush, albatta, lekin unda hech qanday ta‘sirchanlik bo‘lmaydi. U hech qanday musiqa asbobiga mos tushmaydi. Siyosat o‘quvchilarimning yarmisini ranjitadi, qolgan yarmisiga esa juda zerikarli bo‘lib ko‘rinadi, zero, ular ertalab gazetada o‘qiydigan narsalar ancha qiziqroq va o‘tkirroq bo‘ladi...


Hatto, chamasi, "muhabbat" so‘zi dilimdagi tuyg'uni to‘la anglata olmasa kerak. Seni shu qadar sevamanki, menimcha, faqat Xudoga nisbatan shunday tuyg‘u his etish mumkin: bunda hammasi bor – sajda qilish ham, sevgi ham, itoat ham. Ochig‘ini aytsam, sening sevging meni ne ko‘ylarga solishini hatto o‘zim ham tushunmayman...


Kelajakda bizni butunlay tartibsizlik kutmoqda.


Men haqiqatni sevardim... Lekin qani u?.. Hamma yoqda faqat riyokorlik yoki eng kamida, firibgarlik, hatto eng diyonatli, eng ulug‘ odamlar ham bundan mustasno emas. Yo‘q, inson insonga ishona olmaydi.


Kim bilsin? Ehtimol, biz o‘limimizdan keyin ham biror narsani his etarmiz?


Stendal "Qizil va qora"
March 2, 2025 368 3