Yiroqlab ketgancha musofir yo'ldan,
Boshimga yoqqan yomg‘iru-do‘ldan.
Xayr deb turganim o'sha bir kundan,
Men yana qaytdim shukur bugundan.
Yuragim to‘ldirgan g‘amgin so'zlar,
Bugun qog'ozlarga to'kilib bo‘zlar.
Men bosgan qadamim kutgan u izlar,
Men yana qaytdim shukur bugundan.
Taqdirning sinoviga tikib ko'ksimni,
Har dam chirmab bo‘g‘ib bo‘g‘zimni.
Topdim yo'qotganim - o'sha o'zimni,
Men yana qaytdim shukur bugundan.
Endi yo‘l bermay xastalik aslo o'rin,
O‘rashga qo‘ymaylik armonni to‘rin.
Yorishtirsin Allohim dil qora tunin,
Men yana qaytdim shukur bugundan.
Yana qayta oldim, ko‘rsatibla bo‘y,
Sinovdan o'tyapman qilib yana to‘y.
Goho sado bermay ichim chalib kuy
Men yana qaytdim shukur bugundan.
Qaytishni zavqi-ku, daryodek toshdi,
Ko'zdan oqmoqqa yoshlarim shoshdi.
Yo‘lchi she’rin yozib dardlarin ochdi,
Omon yana qaytdim shukur bugundan.
✍️ Йўлчи Рўзиев
♻️ Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐Telegram|🔸Instagram|🔸Facebook|🔸Youtube
🔛 Do'stlaringizga ham ulashing.



