XASTA BO‘LMA! Seni hamma-hammadan yaxshi ko‘rib, sevaman… — Yo'lchi Ro'ziyev | Shoir — TG.ME

XASTA BO‘LMA!

Seni hamma-hammadan yaxshi ko‘rib, sevaman,
Bilib-bilmay ba’zida qalbing ozor beraman.
Xasta bo‘lib qolsang gar, aniq ado bo‘laman,
Kasal bo‘lma iltimos, sensiz nima qilaman?

Bizga baxtlar yarashadi, armon emas,
O‘zga yorlar kulgulari darmon emas,
Boshqa birov sendek bo‘lolmas!

Xasta bo‘lma jonim, ado bo‘laman,
Mendan oldin o‘lma, ishon, o‘lib bo‘laman
Senga men zor bo‘laman,
Sensiz men xor bo‘laman, azizim.

Seni hatto o‘zgalar-u o‘zimdan ham qizg‘onib,
Ko‘rsam deyman seni, har kun yuragim yonib.
Gohida men o‘zim rost so‘zlardan ham tonib,
Kasal bo‘lma iltimos, yig‘layman sensiz qolib.

Xasta bo‘lma jonim, ado bo‘laman,
Mendan oldin o‘lma, ishon, o‘lib bo‘laman.
Senga men zor bo‘laman,
Sensiz men xor bo‘laman, azizim.

 
     📅 10.04.2016-yil

✍️ Yo‘lchi Ro‘ziyev so‘zi!

🎤 Sunʼiy intellekt ijrosi!


🧿 Ushbu videorolik Sunʼiy intellekt yordamida tayyorlangan!

©️❗️Diqqat: Ushbu videorolik barchani yig‘latadi!

✍️ 
Йўлчи Рўзиев
♻️ Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐
Telegram|🔸Instagram|🔸Facebook|🔸Youtube
🔛 Do'stlaringizga ham ulashing.
❤2😢1😭1
July 31, 2026 72