BARCHASI VATAN UCHUN! 🇺🇿 Prezident adminstratsiyasi rahbari Saida… — Yo'lchi Ro'ziyev | Shoir — TG.ME

❗️✅ BARCHASI VATAN UCHUN!

🇺🇿  Prezident adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 30-iyul kuni Toshkent shahridagi qarovsiz qolgan hududlarga tashrif buyurdi!

🧿 Jumladan u hududlarni ko‘zdan kechirish davomida aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmaganligi, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarurligini alohida taʼkidladi.

🇺🇿 Shuningdek Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘lganini. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilayotganligini ko‘rib maʼsullardan izoh so‘radi.

Siyosiy reyd davomida Saida Mirziyoyeva-Odamlar dod deganicha bor ekanligi – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyatganligi bu ayanchli holat ekanligini aytib o‘tdi.

🅿️ Prezident adminstratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazishi lozimligini taʼkidladi.

❗️Bundan tashqari qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshirishi  shart dedi. Agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi, dedi Saida Mirziyoyev
a!

✍️  Йўлчи Рўзиев    
♻️ Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐
Telegram|🔸Instagram|🔸Facebook|🔸Youtube
🔛 Do'stlaringizga ham ulashing.
⚡1💯1👀1
July 31, 2026 61