XUSHXABAR 🔠 Renessans universiteti Oʻzbekistondagi nodavlat oliy… — Yo'lchi Ro'ziyev | Shoir — TG.ME

#XUSHXABAR

🔠 Renessans universiteti Oʻzbekistondagi nodavlat oliy taʼlim muassasalari orasida dunyoning nufuzli ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkilotining institutsional akkreditatsiyasidan birinchi bo‘lib muvaffaqiyatli o‘tdi.
 
❗️Ushbu tarixiy voqeani ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti eksperti, Deutsche Bundesbank Amaliy fanlar universiteti rektori Erich Keller tantanali ravishda e’lon qildi.
 
Mazkur yutuq universitet faoliyati xalqaro sifat standartlariga toʻliq mos ravishda tashkil etilganini, taʼlim sifati, boshqaruv tizimi, ilmiy-tadqiqot faoliyati, professor-oʻqituvchilar salohiyati, talabalar uchun yaratilgan akademik muhit hamda ichki sifatni taʼminlash mexanizmlari xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholanganini tasdiqlaydi.

🛑 Institutsional akkreditatsiya jarayonida ACQUIN ekspertlari universitetning strategik rivojlanish dasturi, taʼlim dasturlari sifati, ilmiy faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, moddiy-texnik bazasi, talabalar va ish beruvchilar bilan hamkorlik tizimini xalqaro mezonlar asosida har tomonlama tahlil qildi.

🇺🇿 Mazkur xalqaro eʼtirof Renessans universitetining nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro maydonda ham nufuzi va raqobatbardoshligini yanada mustahkamlaydi.

Shuningdek, universitetimiz talabalari dunyoning TOP-500 taligidan o‘rin olgan nufuzli universitetlarida tahsil olish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma dasturlarni yanada kengaytirish imkonini beradi


Ⓜ️ Ushbu yuksak natija bilan Renessans universiteti jamoasini samimiy tabriklaymiz!

🧿 РЕНЕССАНС УНИВЕРСИТЕТИ!
(Мадҳия)
 
Юртим йўлга чиқди, юксак зўр парвоз
Буюк тарих қаътидан, келар бир овоз!
Бу даргоҳда илм, билим, тафаккур, эъзоз!
Ренессанс университети - билим макони,
Ренессанс университети - юксалиш имкони!
 
 
Буюк марралар сари биз борамиз шаҳдам,
Билим, илмнинг қўлидан тутамиз маҳкам.
Учинчи Ренессанс, билан бўлиб ҳамқадам
Ренессанс университети - билим макони,
Ренессанс университети - юксалиш имкони!
 
 
Чет-эл сари интилганга берамиз кўмак,
Ҳамкор хориж олийгоҳлар очган йўлак.
Инновация, сифат, истиқбол шиори ўрнак,
Ренессанс университети - билим макони,
Ренессанс университети - юксалиш имкони!
 
Ҳеч кам бўлмас бизни ҳар бир талабамиз,
Ҳар куни биз нишонлаймиз, ғалабамиз.
Ўзбекистон шон-шавкати, мартабамиз,
Ренессанс университети - билим макони,
Ренессанс университети - юксалиш имкони!
 
Йўлчи Рўзиев  29.07.2026 йил


✍️ 
Йўлчи Рўзиев
♻️ Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
🌐
Telegram|🔸Instagram|🔸Facebook|🔸Youtube
🔛 Do'stlaringizga ham ulashing.
👏3💯1❤️‍🔥1
July 29, 2026 279 3