Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi: post #45281 — TG.ME

#Seminar_trening

“Markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmatida moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish bo'yicha tizimli yondashuv" o‘quv seminarining 2-kuni yakunlandi.

Qizg'in tarzda tashkil etilgan bugungi mahorat darslarida:

Ichki audit tadbirlarida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tavsiyalar;
Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “ Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi” to‘g‘risidagi amaliy qo‘llanma bo‘yicha tushuntirishlar;
   Budjet hujjatlariga rioya etish holati hamda moliyaviy hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish orqali budjet intizomini mustahkamlash;
Sohaga oid qonunchilik hujjatlari va o‘zgarishlar haqida so‘z bordi.


🔰Shuningdek, ishtirokchilar uchun o‘tilgan mavzular bo‘yicha test sinovlari bo'lib o'tdi.

Seminar so'nggida trening qatnashchilariga sertifikat hamda "Tashakkurnoma"lar topshirildi.

📍Trening jarayonlari A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘lib o‘tdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
August 29, 2026 9.4K 24