Qoʻshma taʼlim loyihalarini rivojlantirish davom ettiriladi Shanxay… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

Qoʻshma taʼlim loyihalarini rivojlantirish davom ettiriladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisiga Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoʻllagan samimiy tabrigi hamda Oʻzbekiston – Xitoy koʻp qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshayotgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Kelgusi yilda mamlakatlarimiz oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganiga 35 yil toʻladi. Ushbu qutlugʻ sanani keng nishonlash boʻyicha tadbirlar dasturini tayyorlash taklif etildi.

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Barcha darajalarda aloqalar izchil mustahkamlanib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlik rivojlanmoqda, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Ilm-fan, taʼlim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlik muntazamlik kasb etgan. “Lu Ban ustaxonalari” va Konfutsiy institutlari faoliyati hamda hududlarda qoʻshma taʼlim loyihalarini rivojlantirish ishlari davom ettiriladi.

Xitoy tilini oʻrganishni, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi taʼlim dasturlarini yanada kengaytirish hamda yurtimiz yoshlarining Xitoyda tahsil olishi uchun kvotalarni oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
August 31, 2026 7.2K 12