muhtaram ustoz va murabbiylar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng qutlugʻ sana — Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi!
Ta’kidlash joizki, bugun yurtimizda inson manfaatlari, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangilanishlar tobora keng quloch yoymoqda.
Barcha sohalar kabi taʼlim tizimida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning bari yurtimizning ertasi bo‘lgan yoshlarni barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan.
Ayniqsa, farzandlarimizga taʼlim va tarbiya berayotgan tarbiyachi hamda oʻqituvchilarning fidokorona mehnati yuksak ehtiromga loyiq.
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Shu ulugʻ ayyom munosabati bilan yana bir bor qutlab, barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga fayz-baraka tilaymiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak boʻlsin!
Bizni kuzating