O‘tgan yilning oktabr oyida Oksfordda tashabbusimiz bilan boshlangan o‘zbekshunoslik dasturi izchil yoʻlga tushib, o‘zining ajoyib amaliy natijalarini berayotganidan behad mamnunman.
Endilikda Oksford talabalari o‘zbek tilini bevosita kundalik jonli muloqot muhitida o‘rganish hamda madaniyatimiz, tariximiz va shaharlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida bir oyga O‘zbekistonga keldilar.
Talaba yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va ma’no jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman.
Go‘zal diyorimiz siz uchun chinakam qadrdon maskanga aylanib, har biringizning qalbingizdan munosib joy olsin!
—
Очень рада видеть, что программа узбекских исследований, запущенная нами в Оксфорде в октябре прошлого года, работает в полную силу и даёт прекрасные результаты.
Теперь студенты Оксфорда приехали в Узбекистан, чтобы целый месяц изучать
узбекский язык там, где на нём говорят каждый день, знакомиться с нашей культурой, историей и городами.
Желаю ребятам успехов в учёбе и интересных открытий в богатстве и образности узбекского языка.
Пусть наша страна станет для вас по-настоящему родной и понятной!
Forwarded fromSaida Mirziyoyeva
August 31, 2026 6K 7






