Bugun maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi
Bugun — 2-sentyabr kuni Toshkent viloyatidagi 910 ta umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili tantanali tadbirlar bilan boshlandi.
Yangi o‘quv yilining ilk kuni munosabati bilan viloyatdagi barcha darajadagi rahbarlar umumta’lim maktablariga biriktirilib, “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etdilar.
Jumladan, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumanida yangi o‘quv yiliga qayta qurib bitkazilgan 30-umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
Hudud faollari ta’limga ko‘rsatilayotgan e’tibor va yangi maktab uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.