hamkorlik Koreyada malaka oshiradigan shifokorlar safari boshlandi… — Toshkent viloyati hokimligi — TG.ME

#hamkorlik

Koreyada malaka oshiradigan shifokorlar safari boshlandi

Xabaringiz bor, Toshkent viloyati hokimligi hamda Koreya Respublikasining Kyongido provinsiyasi gubernatorligi o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Mazkur kelishuv doirasida malaka oshirish maqsadida Koreya Respublikasiga borgan yana bir guruh shifokorlarimiz koreyalik hamkasblari tomonidan iliq kutib olindi.

Ular neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, rentgenologiya, urologiya, intervension kardiologiya, travmatologiya va ortopediya, onkologiya, onkogematologiya hamda stomatologiya kabi yo‘nalishlaridagi 14 nafar mutaxassis xorijda murakkab jarrohlik amaliyotlari, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘rganib, laparoskopik hamda robot yordamidagi operatsiyalarda ishtirok etadilar.


Qayd etish joizki, so‘nggi ikki yilda xorijda malaka oshirgan viloyat shifokorlari angiografiya, spinal neyroxirurgiya, laparoskopik va torakoskopik amaliyotlarni mahalliy tibbiyot muassasalarida yo‘lga qo‘yishga erishdilar.

Navbatdagi safarning asosiy maqsadi ham zamonaviy tibbiy usul va texnologiyalarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etish. Orttirilgan tajriba kelgusida Nurafshon shahridagi Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida malakali mutaxassislar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
September 2, 2026 2.9K 8