Yangi elektron kutubxona uchun vaucher
Chirchiq shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun yangi o‘quv yili yana bir ajoyib tuhfa bilan boshlandi.
Bugun maktabda bo‘lib o‘tgan birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida muassasaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov tomonidan elektron kutubxona tashkil etish uchun 100 million so‘mlik vaucher topshirildi.
Yangi elektron kutubxona o‘quvchilarning zamonaviy axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, ularning kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish va dars jarayonini qo‘shimcha resurslar bilan boyitishga xizmat qiladi.Ta’kidlash lozimki, maktab yangi o‘quv yiliga rekonstruksiyadan ham chiqarildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlangani bilan samimiy muborakbod etdilar.
Davlatimiz rahbarining o‘quvchilar va ustoz-murabbiylarga yo‘llagan maxsus tabrigini o‘qib eshittirildi.
Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Sayyora Fayziyeva ishtirok etdi.




