Toshkent tumanida “Vosiq” Xalqaro maktabining yangi filiali faoliyat boshladi
Toshkent tumanida yangi o‘quv yili munosib tuhfalar bilan boshlandi. Tumanning "Tutzor" mahallasida “Vosiq” Xalqaro maktabining yangi ta’lim va maktabgacha ta’lim majmuasi foydalanishga topshirildi.
Yangi o‘quv maskanining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, tuman hokimi Sardorbek Ergashev, ta’lim sohasi vakillari, ustozlar, ota-onalar, o‘quvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.









