Profilaktik_hamkorlik Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha… — Toshkent viloyati hokimligi — TG.ME

#Profilaktik_hamkorlik

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasida Nurafshon shahridagi umumta’lim maktablari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda davomat ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida profilaktik hamkorlik tashkil etildi.

Tadbirda voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘tkazilgan hamkorlik tadbirlari natijasida ta’lim muassasasi, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik kuchaytirilib, o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning erta oldini olish hamda o‘quvchilarni maktabga ishtirokini yaxshilash bo‘yicha rejali chora-tadbirlar belgilandi.


✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
September 5, 2026 2.1K 4