Toshkent viloyatidagi “Kelajak” markazlari faoliyati muhokama qilindi
Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Sultanbekov viloyatdagi 22 ta tuman va shahar “Kelajak” markazlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Prezidentimizning 2025-yil 8-sentabrdagi 277-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 776-son qarori ijrosini ta’minlash, markazlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda qo‘shimcha ta’limni yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida, “Kelajak” markazlarida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish, ularning sonini ko‘paytirish va bugungi kun talablari hamda zamonaviy tendensiyalarga mos yangi yo‘nalishlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda qo‘shimcha ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.





