🇰🇿 Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan ozod etdi
Qasim-Jomart Toqayev 27-sentyabr kuni Dauren Kosanovni mudofaa vaziri lavozimidan oldi. Uning vazifasidan ozod etilishiga rasmiy sabab keltirilmagan.
Bu qaror 24-sentyabr kuni Kaspiy dengizidagi harbiy mashg‘ulotlar vaqtida 17 nafar harbiy dengizga oqib ketgani, ulardan 14 nafari halok bo‘lgani ortidan qabul qilindi. Uch nafar harbiy qutqarilgan, ulardan biri shifoxonada davolanmoqda.
Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, besh nafar mas’ul shaxs ushlangan. Ular orasida Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi va kater komandirlari bor.
👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Forwarded fromJahongir Olimov | Rasmiy

September 27, 2026 2.5K 11 7