Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat…

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvi mintaqaviy muloqotning asosiy tizimli muammosini ko‘rsatdi. Bosh masala - doimiy muvofiqlashtiruvchi yoki milliy davlatlardan yuqori turuvchi organlarga ega bo‘lgan to‘laqonli Markaziy Osiyo hamjamiyatini shakllantirish - hanuz hal etilgani yo‘q.

Ha, maslahatlashuv formati ishlamoqda, rahbarlar uchrashmoqda, aniq tashabbuslar ilgari surilmoqda. Biroq majburiy institutsional mexanizmlar (doimiy kotibiyat, umumiy arbitraj yoki muvofiqlashtiruvchi komissiyalar) bo‘lmasa, mintaqaviy integratsiya deklaratsiyalar to‘plamiga aylanib qolishi mumkin.

Ehtimol, bu yo‘nalishda yopiq eshiklar ortida muayyan ishlar olib borilayotgandir. Ammo davlatlar rahbarlari suverenitetning hatto bir qismini ham umumiy mexanizmlarga topshirishga tayyor bo‘lmas ekan, Markaziy Osiyo kuchli yetakchilarga, biroq zaif institutsional tuzilmalarga ega mintaqa bo‘lib qolaveradi.

S.Pinxasova, SFCA eksperti

Strategic Focus: Central Asia
👍8🔥5
11-oktabr, 2026 2,6 ming 8